Uzbek | February 13, 2013

Integrating Social Science Terminology into Language Study: Uzbek Module 1

By

Discipline: Anthropology / Rural Life in Uzbekistan
Module: 1 – Ecology
Prepared by: Madina Djuraeva

Introduction : Kirish


This module on the rural life in Uzbekistan is intended to help students improve their knowledge of agriculture and daily life in Uzbekistan. The reading and audio materials are drawn from the latest news reports, local print newspapers (including Qishloq Hayoti “Rural Life”), and Internet sites, accessed June‑July 2012. By using this material, students can learn the terminology for reading about and discussing important sectors in the agricultural economy, as well as important topics for rural and urban life in Uzbekistan. Module 1 discusses man and nature.

 

READING TASK 1
Source:
http://www.uzbekistonovozi.uz/uz/articles/index.php?month=02&year=2012&ELEMENT_ID=3873

After completing the pre-reading exercises, read the article entitled “We are also a part of nature”. The article discusses man’s relationship to nature in one of the rural areas in Uzbekistan.

Pre-reading exercise 1: vocabulary focus

O’rmonchilik – forestry
Ko’chat – seedling
Mustahkamlash – strengthening
Maydon – area
Tuproq eroziyasi – soil erosion
Qirg’oq – coast
Ekmoq – to plant
Shifobaxsh giyoh – medicinal, curative
Zarar – damage

Pre-reading exercise 2: Predicting content

Based upon the picture accompanying the article, see if you can predict what the content of the article is. Afterwards try to answer the following questions in Uzbek:

uzbek field

Questions : Savollar

1. Sizningcha, bu rasm O’zbekiston davlatining qaysi viloyatida olingan?
2. Rasmga qarab shu joy haqida nimalarni ayta olasiz? (rasmda nimalar ko’rsatilgan va ularga qarab siz qay xulosaga keldingiz?)
3. Rasm va mavzu o’rtasidagi bog’liqlikni ko’ryapsizmi? U qanday?
4. Mavzu ma’nosidan kelib chiqqan holda, matnda nima haqida gapiriladi deb o’ylaysiz?


Reading Text

Biz ham ona tabiatning bir bo‘lagimiz

Surxondaryo viloyatida yashil olam — o‘rmonchilikni rivojlantirish, tarmoqda fan va texnika taraqqiyotidan unumli foydalanish, mahsulot turini ko‘paytirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda viloyat davlat o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasi tasarrufida 307,1 ming gektar yer maydoni mavjud bo‘lib, shundan 130,9 ming gektarini o‘rmonzorlar tashkil etadi.

Viloyatning Angor, Muzrobod, Termiz, Jar­qo‘rg‘on tumanining bir qismi qumliklardan iborat. Kattaqum massivida ko‘chma qumlarni to‘xtatish maqsadida viloyat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan 214 gektar maydonga saksovul va cherkez ko‘chatlari o‘tqazilib, yangi o‘rmonzorlar tashkil etildi. Shuningdek, daryo qirg‘oq bo‘yini mustahkamlash maqsadida 16 gektar maydonda ihota o‘rmonzorlari barpo qilindi. Bu ishlar tog‘li Uzun tumanida 25 gektar, Bobotog‘, Boysun, Qiziriq o‘rmon xo‘jaliklarida esa jami 50 gektar maydonda amalga oshirildi.

— O‘rmonzorlarning ko‘pligi va qalinligi yerlarni tuproq eroziyasidan asrash bilan birga, turli ko‘chkilarning oldini oladi, nabotot va hayvonot dunyosini boyitadi, buloqlarning sersuv bo‘lishini ta’minlaydi, — deydi viloyat markaziy davlat o‘rmon xo‘jaligi bosh direktori Musulmonqul ­Mirzayev. — Biz Kattaqum cho‘llarini qum ko‘chkilaridan saqlash va daryo qirg‘oqlarini mustahkamlash maqsadida yangi o‘rmonzorlar tashkil etish barobarida, o‘tgan yili eroziyaga qarshi 114 gektar maydonga qorabuta, 8 gektarga qarag‘ay, 58 gektarga namatak va botqqo savri hamda 12 gektar joyga terak ekdik.

Aytish joizki, Markaziy davlat o‘rmon xo‘jaligida yashil olam — o‘rmonchilikni rivojlantirish bilan birga, tarmoqda fan va texnika taraqqiyotidan unumli foydalanish, mahsulot turini ko‘paytirish ishlariga ham e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan yili 155 tonna g‘alla, 41 tonna sabzavot, 52 tonna poliz, 125 tonna meva tayyorlashga erishildi. Aholining yog‘och – taxtaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 658 kub metr yog‘och tayyorlanib, xaridorlarga yetkazib berildi. Olingan sof foyda esa 177 million so‘mni tashkil etdi.

Viloyat o‘rmonzorlari turli shifobaxsh giyohlarga boy. Ayniqsa, Boysun o‘rmon xo‘jaligida aholi salomatligini tiklash yo‘lida foydalanadigan giyohlarni ko‘paytirish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

— O‘tgan yili ham choy o‘ti, tog‘ rayhoni, do‘g‘boy, namatak kabi shifobaxsh giyohlarni yig‘ishtirib, sog‘liqni saqlash muassasalariga yetkazib berdik, — deydi Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori, «El – yurt hurmati» ordeni sohibi Toshtemir Muhammadiev. — Ma’lumki, bu noyob shifobaxsh giyohlarni asrab – avaylash o‘rmonchilardan katta mas’uliyat talab etadi. — Biz o‘rmonzorlarni payhon qilish, archa daraxtlarini qonunga zid ravishda kesib olishga harakat qilayotgan qonunbuzarlarga qarshi keskin kurash olib borayapmiz. O‘tgan yili bu borada 7 ta holatda qonunbuzarliklar aniqlanib, ulardan 4 tasida yetkazilgan zarar undirib olingan bo‘lsa, qolgan 3 ta holat bo‘yicha fuqarolik sudiga hujjatlar taqdim etildi.

Viloyat o‘rmonchilari har yili o‘z ko‘chatxonalarida bir yarim – ikki milliondan ortiq turli ko‘chatlar yetishtiradi. O‘zlarining ehtiyojlaridan ortgan ko‘chatlar bosh­qa xo‘jalik va tashkilotlarga yetkazib beriladi. Al Hakim at – Termiziy majmuasi atrofidagi qumliklar o‘rnini ko‘kalamzorlashtirish maqsadida 3 ming 953 dona 22 turdagi mevali va manzarali daraxt hamda turli xil gul ko‘chatlari ekildi. Termiz shahriga kirishda eng olis masofadan, aniqrog‘i, Angor tumaniga tutash chegara jo­yidan «Landshaft dizayn» loyihasi asosida, yo‘lning ikki tomonida 10 metr kenglikda yapon sakurasi, eldor qarag‘ayi, yapon behisi, sharq tuyasi, go‘zal katal’pa kabi jami 75 ming 58 dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekildi.

Aslida biz ham ona tabiatning bir bo‘lagimiz. Unga qilingan har qanday tajovuz bu insoniyatga qaratilgan jinoyat bilan teng­dir. Atrofimizdagi yashil olamni asrash – avaylash har birimizning burchimiz.

Abdi QODIROV,

«O‘zbekiston ovozi» muxbiri.

 

Post-reading exercise 1: Geography of Uzbekistan

Suxondaryo viloyati O’zbekistonning qayerida joylashgan deb o’ylaysiz? Uni xaritadan topishga harakat qiling:

http://www.hotelmapguide.com/uzbekistan/Image/uzbekistan-map.gif

Source:
http://www.hotelmapguide.com/uzbekistan/Image/uzbekistan-map.gif

Post-reading exercise 2: Identifying vocabulary in bold face

Yuqoridagi abzatsning qoraga bo’yalgan so’zlariga e’tibor bering: ular sizning davlatingizda ham bormi? Qayerda?

Post-reading exercise 3: Discussing the reading

O’rmon xo’jaligi bosh direktori Musulmonqul Mirzayev o’rmonzorlarning qanday foydali xususiyatlari haqida gapiradi? Kamida 5 tasini sanab o’ting.

Post-reading exercise 4: Questions regarding the text

Keyingi 3 ta abzatsni o’qib, quyidagi savollarga eng mos javobni tanlang:

  1. Viloyatdagi Boysun o’rmon xo’jaligi nima bilan ayniqsa boy?

a)     G’alla
b)    Yog’och – taxta
c)     Giyoh

  1. Giyohlarni asrab – avaylash uchun o’rmonchilardan nima talab qilinadi deb aytadi Toshtemir Muhammadiev?

a)    Mas’uliyat
b)    Qonunbuzarlik
c)    E’tibor

Post-reading exercise 5: Questions regarding the text

1. Sizning davlatingizda “Ko’kalamzorlashtirish” harakatlari yo’lga ko’p solinadimi? Misol keltiring.

2. Matnning xulosa abzatsi bilan rozimisiz?

 

Lug’at : Glossary

A
Aholi – population, people
Alohida – specific, exceptional
Amalga oshirmoq – to fulfill, to bring into action
Asrab – avaylash – taking care of ..
Archa – fir tree
Atrof – surroundings, environment
Ayni paytda – right now, currently

B

Barpo qilmoq – to create, to develop… Barobarida – together with …
Behi – quince
Birga – together

Botqqo savri – a type of tree
Bosh direktor – head director
Boy – rich
Boyitmoq – to enrich
Boshqa – other, another
Boshqarma – department
Bo’lak – part
Buloq – spring
Burch – duty

D

Daryo – river
Daraxt – tree
Dunyo – world
E

Ehtiyoj – need, necessity
Ekmoq – to plant, to cultivate
El – yurt – motherland
Erishmoq – to reach, to succeed
Eroziya – erosion
E’tibor qaratmoq – to pay attention

F

Fan – science, subject
Foydalanmoq – to use, consume
Fuqarolik sudi – civil court

G

Gektar – hectare
Giyoh – herb
go’zal katal’pa – a type of plant

H

Harakat qilmoq – to try, to strive
Hayvonot – fauna
Holat – case
Hujjat – document
Hurmat – respect

I

Iborat – consist of
Ihota o’rmonzori – grove of trees (providing a border)
Insoniyat – humankind

J

Jami – total
Jinoyat – crime
Joy – area, place

K

Kesib olmoq – to cut
Keskin – radical
Kenglik – width
Ko’kalamzorlashtirish – greening
Ko’paytirish – multiply
Ko’chma qumlar – moving sands
Ko’chatlar – seedling
Ko’chatxona – greenhouse
Ko’chki – moving
Kub – cubic
Kurash – fight

L

Landshaft – landscape
Loyiha – draft, project

M

Mahsulot – product
Maqsad – aim, target
Majmua – complex (building)
Manzarali – decorative
Markaziy – central
Masofa – distance
Massiv – array
Mas’uliyat – responsibility
Maydon – area, square
Mavjud bo’lmoq – to exist
Meva – fruit
Muassasa – organization
Mustahkamlash – stabilize

N

Nabotot – flora
Namatak – briar, dog – rose
Noyob – rare

O

Olam – world
Oldini olmoq – to prevent
Olis – far
Ona tabiat – mother – nature
Orden – order, award

P

Payhon qilmoq – to trample
Poliz – melon field

Q

Qalin – thick
Qarag’ay – pine
Qarshi – against
Qirg’oq bo’yi – coastline
Qism – part
Qondirmoq – to satisfy
Qonun – law
Qonunbuzar – criminal
Qonunbuzarlik – crime
Qorabuta – black willow

 R

Rivojlantirish – develop

S

Sabzavot – vegetables
Saksovul – holoxylon, saxaul
Saqlamoq – to save, to keep
Sersuv – watery
sohib – awardee
sof foyda – pure profit

T

Tajovuz – cruel,cruelty
Talab etmoq – to demand
Ta’minlamoq – to provide, supply
Taqdim etmoq – to demonstrate
Taraqqiyot – development
Tarmoq – branch
Tashkilot – organization
Tasarruf – possession
Tashkil etmoq – to make up, to constitute
Tayyorlamoq – to prepare
Teng – equal
Terak – poplar
Texnika – technology
Tiklash – reestablish
Tog’li – mountainous
Tog’ rayhoni – mountain mint
Tur – kind, type
Turli – different
Tuproq – soil
To’xtatmoq – to stop
Tutash – connecting

U

Undirib olmoq – to fine for damage
Unumli – fruitful, productive

X

Xaridor – customer, consumer
Xo’jalik – household

Y

Yangi – new
Yapon – Japanese
Yashil – green
Yer – land
Yetkazib bermoq – to deliver
Viloyat – region
Yig’ishtirmoq – to harvest
Yog’och – taxta
Yo’lga qo’ymoq – to make function
Yo’l – way, road

Z

Zarar – damage
Zid – contrary

O’

O’rmonchilik – forestry

G’

G’alla – wheat

Sh

Sharq tuyasi – eastern fir – tree
Shifobaxsh – medicinal, curative
Shuningdek – also, in addition

Ch

Chegara – border
Cherkez – salsola
Choy o’ti – herb tea
Cho’l – desert

 

KALITLAR : KEY

READING TASK 1

Post-reading exercise 4: Questions regarding the text

1. C
2. A